Bu hujumchi “Arsenal”ga munosib emas!
“Arsenal”ning sobiq hujumchisi Emmanuel Adebayor hozirgi tarkibning asosiy hujumchisi Kay Xaverts o‘yinidan hayratda emasligini ochiqchasiga bildirdi.
Xaverts o‘tgan yil yozda “Chelsi”dan 65 million funtga transfer qilingan edi. Mavsumning birinchi yarmida germaniyalik hujumchi o‘zini ko‘rsata olmadi. Keyinchalik jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biriga aylandi.
- Xaverts jamoaga yaxshi moslasha oldi, lekin men uning muxlisi emasman, rosti ham shu. Kay “Arsenal”dek jamoaning markaziy hujumchisi bo‘lish uchun etarli daraja kuchli emas.
Buning uchun sen eng avvalo juda kuchli va aqlli bo‘lishing kerak. Xaverts har ikki oyoqda yaxshi o‘ynayotgani etarli emas, - dedi Emmanuel Adebayor.

Fikrlar