Bu hujumchini qaytarish kerak!

  • 3 mart, 2023, 16:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” rahbariyati jamoaga ko‘p gol urishga qodir hujumchi qidirishda davom etmoqda.

Tecno

Manbalarning ta’kidlashicha, asosiy nishon sifatida “Napoli” to‘purari Viktor Osimxen ro‘yxatga kiritilgan. Lekin nigeriyalik hujumchi “aristokratlar”ga qimmatlik qilishi mumkin.

Bundan tashqari, A Seriya to‘purariga boshqa grand klublar ham da’vogarlik qilmoqda. Shu bois, “Chelsi” rahbariyati o‘z tarbiyalanuvchisi Temmi Abraxamni ortga qaytirishni mo‘ljallayapti.

Londonliklar 2021 yilning yozida “Inter”dan Romelu Lukakuni olib kelganidan keyin tarkibdan joy etmagan Temmi Abraxamni “Roma”ga sotib yuborgan edi. Angliya klubida futbolchini yozda 80 million evroga qayta sotib olish huquqi bor.

Ayni paytda bu summani pasaytirish imkoni ham bor. Temmi Abraxam Italiyadagi ikkinchi mavsumida sermahsullik ko‘rsata olgani yo‘q. Uning narxi 40-45 million evro atrofida baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!