
Bu hujumchining saviyasi baland ekan!
“Roma” hujumchisi Temmi Abraxam faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirish imkoniyatiga ega.
Angliya matbuotining yozishicha, 25 yoshli futbolchini “Manchester Yunayted” o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor.
Taniqli jurnalist Ben Jeykobsning ma’lum qilishicha, manchesterliklar bosh murabbiyi Erik ten Xag Abraxam yuqori saviyali hujumchi ekanini e’tirof etgan holda uni jamoaning hujumini kuchaytirishga qodir o‘yinchi ekanini ta’kidlagan.
Transfermarkt portali Temmi Abraxamni 45 million evroga baholamoqda. Bu hujumchi uchun “Roma” klubi 2021 yilning yozida “Chelsi”ga 40 million evro to‘lagan edi.
Fikrlar