
Bu ikki futbolchi Mbappedan oldin “Oltin to‘p”ni oladi!
“Manchester Siti” pleymeykeri Kevin de Bryuyne yangi avlod futbolchilarining “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish imkoniyati haqida gapirdi.
Ma’lumki, bu mavsumni eng yaxshi o‘tkazgan o‘yinchiga beriladigan eng nufuzli individual sovrin hisoblanadi.
Belgiyalik yarim himoyachi bu sovrinni qo‘lga kiritishda jamoadoshi Erling Xolandning imkoniyatlarini yuqori baholamoqda.
Kevin “Oltin to‘p”ni kim birinchi olishi haqidagi savolga quyidagicha javob qaytardi.
- Birinchi o‘ringa Erling Xolandni qo‘yaman. Ikkinchi bo‘lib, sovrinni Vinisius Junior oladi va ulardan keyin uchinchi o‘rinda Mbappe bo‘ladi. Chunki PSJda bu yutuqqa erishib bo‘lmaydi, Kilian “Real”ga o‘tsa, imkoniyati keskin oshadi, - dedi Kevin de Bryuyne.
Fikrlar