Bu ishni “Real” yulduzidan boshqasi uddalamagan

  • 23 sentabr, 2021, 14:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Keyingi yillarda “Real”ning haqiqiy etakchisiga aylangan Karim Benzema to‘purarlik mahoratini namoyish etib kelmoqda.

Tecno

Ispaniya chempionatining oltinchi turiga kelib, frantsiyalik hujumchi samaradorlik bo‘yicha XXI asrning yangi rekordini o‘rnatdi.

Benzema La Liganing dastlabki olti turida sakkizta gol urib, ettita golli pas oshirgan. Joriy asrda hali hech bir futbolchi dastlabki olti uchrashuvda bu qadar samarali natija qayd eta olmagan.

Shuningdek, “Real” futbolchilari “Malorka”ni 6:1 hisobida taslim qilingan uchrashuvda Karim raqib darvozasini ikki marta aniq nishonga oldi va ikkita golli pas oshirdi. Shu tariqa, uning Ispaniya chempionatlaridagi gollari soni ikki yuztaga etdi.

Karim Benzama 2009 yildan beri “Real” futbolchisi hisoblanadi. Uning amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozigacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!