Bu iste’dodlarni ko‘zdan qochirmang! APLda grandlarni kuchaytiradigan to‘rt himoyachi bor
Jahon futbolidagi eng murakkab turnir – Angliya Premer-ligasi bir qator futbolchilar uchun katta klublar e’tiboriga tushish uchun o‘ziga xos maydon vazifasini o‘tab beryapti.
Futbol ekspertlari hozirdanoq “katta oltilik” jamoalari – “Manchester Yunayted”, “Manchester Siti”, “Liverpul”, “Arsenal”, “Chelsi” va “Tottenxem” uchun to‘liq mos keladigan to‘rt nafar himoyachini tanladi.
Mark Gexi – “Kristal Pelas”ning 25 yoshli himoyachisi bosh murabbiy Oliver Glasner jamoasida ishonchli o‘yinchi sifatida shakllandi. U yakkakurashlarda kuchli, pozitsiyani to‘g‘ri tanlaydi, universal va aniq pas uzata oladi.
Yan Paul Van Xekke – “Brayton”ning 25 yoshli o‘yinchisi agressivlik, havodagi ustunlik va maydonni ko‘rish qobiliyati bilan ajralib turadi. Bu esa kuchli klublar qidiradigan sifat — himoyadan hujumga tez o‘tish imkoniyatini beradi.
Tino Livramento – “Nyukasl”ning 23 yoshli o‘ng qanot himoyachisi texnikasi kuchli va o‘ta chidamli o‘yinchi. Uning ikki tarafda ham o‘ynay olishi “Manchester Siti” kabi hujumkor qanot himoyachisi qidirayotgan klublar uchun jozibador.
Daniel Munos – “Kristal Pelas”ning 29 yoshli o‘yinchisi jonkuyar, xalqaro tajribaga ega, universal himoyachi. Bu uni hozir qanot himoyachilardan foydalanayotgan “Manchester Yunayted” uchun jozibali qiladi.

Fikrlar