Bu jamoa 2026 yilda evrokuboklardagi barcha uy o‘yinlarida g‘alaba qozondi

  • 15.10.2026 07:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Norvegiyaning «Budё-Glimt» jamoasi Chempionlar ligasi guruh bosqichi ikkinchi turida oʻz maydonida dortmundlik «Borussiya»ni minimal hisobda magʻlub etdi. Uchrashuvda yagona gol mezbonlar tomonidan urildi. Shu tariqa, «Budё-Glimt» joriy yilda Yevropa musobaqalarida oʻz uyida oltinchi marta ketma-ket gʻalaba qoʻzondi.

Bu muvaffaqiyatli seriya «Budё-Glimt»ning bir qator kuchli raqiblar ustidan qoʻzongan gʻalabalaridan iborat. Avvalroq norvegiyaliklar «Manchester Siti» va milanlik «Inter»ni bir xil – 3:1 hisobida magʻlub etgan. Shundan soʻng portugaliyalik «Sporting» 3:0 hisobida taslim etilgan.

Keyingi bosqichlarda belgiya ning «Union Sent-Jilluaz» klubi 3:2 hisobida magʻlub qilindi. Neymegen shahrining NEK jamoasi esa uchta javobsiz gol qabul qilib, maydonni magʻlub holda tark etgan.

Eng soʻnggi oʻyinda esa navbat dortmundlik «Borussiya»ga yetdi. Bu safar hisob yirik boʻlmadi, biroq «Budё-Glimt» baribir oʻz soʻzini aytdi – 1:0 hisobidagi gʻalaba norvegiyalik klubning uydagi gʻalabalar seriyasini olti oʻyinga yetkazdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!