
Bu jamoa chempion bo‘lishga tayyor emas
“Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi va ayni paytda Sky Sports kanalida ekspert bo‘lib faoliyat yuritayotgan Gari Nevill “Chelsi” klubi tarkibini kuchaytirganiga qaramay, Angliya Premer-ligasida g‘olib chiqishga tayyor emasligini aytdi.
“Chelsi” o‘tgan mavsumda Konferentsiyalar ligasida g‘olib chiqdi. Yozda esa FIFA tomonidan yangi formatda o‘tkazilgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida zafar quchdi. Shunga qaramay, Nevill “aristkratlar”ning milliy chempionatdagi imkoniyatini past baholayapti.
- Men ayrim klublarni chempion bo‘lishini kutmaydi. Chunki ularda etarli tajriba va chempionlik o‘yinlari uchun mukammallik to‘liq shakllanmagan. Masalan, “Aston Villa” va “Nyukasl” Premer-ligada g‘olib chiqolmaydi.
“Chelsi”ga qarasam, yoshlarni jamlagan yaxshi jamoani ko‘raman, ammo Joao Pedro va Liam Delap “Arsenal”, “Liverpul” yoki “Manchester Siti”ning hujumkor futbolchilari darajasida emas.
“Chelsi” mavsumni yaxshi o‘tkazishi mumkin, ammo chempionlikka hali tayyor emas. O‘ylashimcha, sovrin uchun kuchli uchlik – “Arsenal”, “Liverpul” va “Manchester Siti” kurash olib boradi va shulardan biri chempion bo‘ladi. Omad qay biriga boqishini esa bilmayman, - dedi Gari Nevill.
Fikrlar