Bu nimasi? "Roma" yulduzi mashg‘ulotga kelishdan bosh tortdi

  • 12 iyul, 2022, 19:44
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" yulduzi Nikolo Zanolo faoliyatini "Yuventus"da davom ettirmoqchi.

"La Repubblica" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, futbolchi buning uchun jamoaga boykot e’lon qilgan. U rimliklarning bugungi mashg‘ulotiga kelmagan va bu boshqalar uchun kutilmagan holat bo‘lgan.

"Keksa senora" Nikolo va "Roma" o‘rtasidagi vaziyatni kuzatmoqda. Turinliklar hali "bo‘rilar" rahbariyatiga aloqaga chiqqani yo‘q. Zanoloning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

23 yoshli yarim himoyachi 2018 yilda rimliklar safiga "Inter"dan kelib qo‘shilgan. Uning transferi 33 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!