
Bu o‘yinchini sotmasak bo‘lmaydi
“Barselona” moliyaviy ahvolini yumshatish uchun baribir qimmatbaho o‘yinchilaridan biri sotib yuborishi kerak bo‘lyapti.
Klub rahbariyati yozgi transferlar oynasi yopilgunicha urugvaylik himoyachi Ronald Arauxoni boshqa jamoaga o‘tkazib yubormoqchi.
Buning o‘ziga xos sabablari bor, albatta. TodoFichajes nashrining yozishicha, klub mutasaddilari yangi shartnoma imzolash orqali Arauxoning maoshini sezilarli darajada pasaytirmoqchi. Futbolchi talab qilayotgan xizmat haqi kataloniyaliklarni umuman qoniqtirmaydi.
Bu vaziyatda ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmasa, klub o‘yinchidan voz kechadi. Arauxoning amaldagi shartnomasi yana ikki yil davom etadi.
“Barselona” mutasaddilari Evropaning bir necha grand klublari nishonida turgan himoyachini 50 million evroga qo‘yib yuborishi mumkinligi aytilmoqda.
Fikrlar