Bu o‘yinda durang bo‘lishi mumkin emas! "Lokomotiv" pley-offga qolganidan xursand, "Turon"-chi?

  • 25 noyabr, 2022, 00:12
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qatarda jahon chempionati davom etayotgani sababli barchamizning nigohimiz ushbu mundialga qaratilgan. Ayniqsa, kuniga to‘rttadan o‘yinni ko‘rishning o‘zi ham oson ish emas ekan-a? Lekin buni qadriga etish kerak, axir jahon chempionati har to‘rt yilda bir o‘tadi, doim ham emas. Mayli, asosiy mavzudan uzoqlashmaylik, bu biz bugun so‘z yuritadigan asosiy masala emas. Aytmoqchimizki, hamma Qatar maydonlaridagi o‘yinlar shohidi bo‘layotgan bir paytda o‘zimizda ham bir muhim o‘yin borligini eslatib o‘tmoqchimiz.

Tecno

Gap shundaki, 25 noyabr kuni Yaypandagi “O‘zbekiston” stadionida “Mavsum-2023”da Superligada ishtirok etish uchun pley-off uchrashuvi o‘tkaziladi. Unda bu mavsumda pro ligada 3-o‘rinni egallagan “Turon” bilan Superligada 12-pog‘onani band qilgan “Lokomotiv” klublari hal qiluvchi bahsda kuch sinashishadi. Faqat bitta o‘yindan iborat bo‘lgan uchrashuvda g‘olib jamoa kelasi yili Superligada o‘ynaydi.

turon2_2

Mazkur qarama-qarshilik ikkala jamoa uchun qanchalik muhimligini uchrashuvga aloqasi borlar juda yaxshi his qilib turishibdi. Bu klublar o‘tgan mavsumda Superligada ikki bor to‘qnash kelishgan.

2021 yil. Superliga. 1-davra. 3-tur

“Turon” – “Lokomotiv” – 2:2

Gollar: Denya Ponevich. 4 – 1:0. Vladislav Kasminin, 11 – 2:0. Javohir Sidiqov, 16 – 2:1. Temurxo‘ja Abduholiqov, 69-pen. – 2:2.

2-davra. 16-tur

“Lokomotiv” – “Turon” – 3:1

Gollar: Bilolxon Toshmirzaev, 30 – 0:1. Temurxo‘ja Abduholiqov, 42-pen. – 1:1. Temurxo‘ja Abduholiqov, 71  - 2:1. Azizbek Amonov, 77 – 3:1.

O‘zbekiston Kubogi. 2-tur

“Lokomotiv” – “Turon” – 2:0

Gollar: Marat Bikmaev, 58 – 1:0. Azizbek Amonov, 90+3 – 2:0.

O‘tgan yili mazkur klublar 3 marta to‘qnash kelishdi. Guvohi bo‘lganingizdek, ustunlik “Loko” tarafida. 2 tasida “temiryo‘lchilar”ning qo‘li baland kelgan va 1 ta uchrashuvda durang qayd etilgan. “Lokomotiv” 3 ta bahsda 7 ta gol urgan va darvozasidan 3 ta to‘p olib chiqqan. Gol urgan futbolchilarning birortasi hozir ushbu klublarda emas.

lok

Navbatdagi uchrashuv endi oldingilaridan farq qiladi. Chempionat va Kubok bahslarida to‘qnash kelishgandi, endi ular pley-offda! Bu vaziyatga etib kelish ikkala jamoa uchun aslida yaxshi natija emas. Ayniqsa, “Turon” pro ligada og‘zidagi oshni oldirdi. Chunki ko‘pchlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri Superligaga qaytishini kutgandi. Ammo chempionat oxirlariga yaqin ketma-ket ochkolarni yo‘qotib, o‘zidan ancha orqada bo‘lgan “Buxoro”ni oldinga o‘tkazib yubordi. Natijada “Turon” 3-o‘rin bilan pley-offga qolib ketdi. Endi Baxtiyor Ashurmatov jamoasining bor umidi pley-offdan. Ular “Lokomotiv”ga qarshi g‘alaba uchun borini berishi aniq. Lekin oldindan aniq aytamizki, oson bo‘lmaydi.

“Lokomotiv”ning vaziyati biroz boshqacharoq bo‘ldi. Chempionatni bir tekisda o‘tkaza olmagan va “Turon”ga o‘xshab murabbiylar almashinuvi amalga oshirilgan klubni pro ligaga tushib ketishi juda katta ehtimol bo‘lib turgan bir vaziyatda Superliganing oxirgi turida “Metallurg”ni mag‘lub etishi va buning aksi o‘laroq asosiy raqobatchisi – “Qo‘qon-1912”ning Samarqandda mag‘lubiyatga uchrashi evaziga “Loko”ning o‘rniga qo‘qonliklar pro ligaga ketdi hamda “temiryo‘lchilar” pley-offga ilashib qolganidan xursand bo‘lishdi. “Turon”ni yutish orqali Superligadagi o‘rnini saqlab qolishni ko‘zlashyapti. Ammo Ashurmatov jamoasini o‘z uyida mag‘lub etish “Lokomotiv”ga nasib qiladimi? Bilganimiz shuki, ushbu uchrashuvda mutlaqo durang natija bo‘lishi mumkin emas! Kimdir yutishi aniq. Bu joriy yilgi mavsumning so‘nggi rasmiy o‘yini. Shuning uchun 25 noyabr kuni soat 15:00 da bo‘ladigan o‘yin qiziqarli o‘tishini taxmin qilish qiyin emas.

Shuhratbek Jo‘raev.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!