Bu o‘zbek legioneri xorijda sinovdan o‘tgan kuchli futbolchi!

  • 16 yanvar, 2023, 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘z davrida “Rubin”da sardorlik qilgan va jamoaning bir necha sovrinlarga sazovor bo‘lishiga katta hissa qo‘shgan Farg‘ona futbol maktabi tarbiyalanuvchisi Andrey Fyodorov Qozon klubi safiga qo‘shilgan Rustam Ashurmatov haqida fikr bildirdi.

Tecno

- Ashurmatov – jismonan baquvvat himoyachi. O‘zbekiston milliy terma jamoasiga muntazam chaqirtiriladi.

Rustam o‘z kuchini O‘zbekistondan tashqarida ham sinab ko‘rgan. Ashurmatovning iqtidorini Rossiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida ko‘rish imkoni bo‘ldi. O‘sha bahsda u juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi, chunki jamoasi gol o‘tkazib yuborgani yo‘q.

Ashurmatov “Rubin” uchun juda manfaatli transfer, - dedi Andrey Fyodorov.

gallery-image-fk-rubin-sbory-turciya-2023-4

Rustam Ashurmatov “Bunyodkor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Markaziy himoyachi sifatida ishonchli o‘yin namoyish qiladigan bu futbolchimiz professional faoliyatining boshida “Qo‘qon-1912” jamoasida to‘p tepgan.

Keyinchalik “Bunyodkor” safiga qaytib, o‘z o‘yini bilan muxlisu mutaxassislar e’tiborini qozondi. Rustam 2019 yili Janubiy Koreyaning “Kvandju” jamoasiga transfer qilindi. Ikki mavsum shu jamoada o‘ynaganidan keyin “Kanvon klubiga o‘tib, u erda ham bir yil o‘ynadi.

2022 yilning boshida Ashurmatov o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ygan “Navbahor” jamoasi taklifini qabul qilib, yana yurtimizda to‘p tepdi.

Shu paytga qadar klublar miqyosida jami 194 ta uchrashuvda maydonga tushgan himoyachimiz o‘z vazifalarini uddalashdan tashqari,  o‘nta gol va uchta assistga mualliflik qildi. Gollaridan uchtasida Koreya chempionatida kiritgani ahamiyatli.

26 yoshli futbolchimiz faoliyatining yangi bosqichini Rossiyada o‘tkazadi. Ashurmatov Rossiya chempionati birinchi ligasida o‘ynayotgan “Rubin” bilan 3,5 yillik shartnomaga imzo chekkan. U Qozon klubida 5-raqam ostida to‘p tepadi.

Ta’kidlash joizki, Ashurmatovdan oldinroq o‘zbek futbolining yana bir tarbiyalanuvchisi Umarali Rahmonaliev ham”Rubin” klubi bilan 3,5 yillik shartnoma imzolagan edi. Har ikki o‘yinchimiz joriy mavsumning qolgan qismida qozonliklarni Rossiya premer-ligasiga qaytarishga harakat qiladi.

Buning uchun “Rubin”da yaxshi imkoniyat bor. Hozircha, bu jamoa birinchi liga musobaqa jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda.

Rustam Ashurmatovning legioner sifatida imkoniyatlariga baho bergan Andrey Fyodorov ham O‘zbekiston va Rossiya futbolida katta yutuqlarga erishgan charm to‘p ustalaridan hisoblanadi. Fyodorov “Neftchi” safida to‘rt karra O‘zbekiston chempioni bo‘lgan va ikki marta mamlakat kubogida g‘olib chiqqan. Farg‘onaliklar safida Osiyo chempionlari kubogi sovrindori bo‘lgan.

1994 yili O‘zbekiston terma jamoasi bilan Yaponiyadagi Osiyo o‘yinlarida g‘olib chiqqan.

Keyinchalik 1997 yildan boshlab, Rossiya chempionatiga ko‘chib o‘tdi va legioner sifatida “Alaniya”, “Baltika” va “Rubin” klublarida o‘ynadi.  Qozonliklar safida Rossiya chempionati g‘olibi va sovrindori bo‘ldi.

1490633049

Andrey Fyodorov O‘zbekiston milliy terma jamoasida 64 ta uchrashuvda ettita gol urishga erishgan.

Legionerimiz Rossiyani zabt etishga keldi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!