
Bu pulga Zidan aniq keladi!
PSJ prezidenti Nasser Al-Xelaifi jamoa bosh murabbiyligini Zinedin Zidanga topshirmoqchi va bu mutaxassisni ko‘ndirish uchun pulni ayamaydi. Ma’lumotlarga qaraganda, klub xo‘jayini Zidanni yana bir bor uchrashuvga chaqirgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, PSJ bu gal Zidan rad etolmaydigan shartnoma beradi. Unga ko‘ra, parijliklar ishsiz yurgan murabbiyga yiliga 25 million evro maosh qayd etilgan shartnoma beradi.
Jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino o‘zidan mashhur bo‘lgan yulduzlarni boshqarishga qiynalmoqda. Bu mavsum davomida sezilib qoldi. Shunga qaramay, argentinalik mutaxassis yaqinda kelasi mavsum ham PSJni boshqarishini aytdi.
Klub jamoa oldiga Chempionlar ligasida g‘olib chiqish vazifasini qo‘ymoqda. Zidan ushbu turnirni yutish bo‘yicha mutaxassis darajasiga etgan. Zidedin “Real”ni boshqargan davrda qisqa fursatda 11 ta sovringa ega bo‘ldi. Shulardan uchtasi Chempionlar ligasi chempionligidir.
Fikrlar