
Bu qiziq. Asensio "Real" tarkibida 5ta turnirdagi debyut uchrashuvida gol kiritdi
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Marko Asensio kecha “Barselona”ga (1:3) qarshi bo‘lib o‘tgan Ispaniya superkubogi dastlabki bahsida o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Qizishi shundaki, 21 yoshli ispaniyalik futbolchi shu kungacha “Real” tarkibida 5ta musobaqada debyut qilishga muvoffaq bo‘ldi. E’tiborlisi, u o‘zi debyut qilgan barcha uchrashuvlarda raqiblari darvozasiga yo‘l topa olgan.
Ma’lumot uchun, Marko “Real” tarkibida La Liga, Ispaniya kubogi, Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va Ispaniya superkubogi bahslarida ilk marta maydonga tushishiga qaramay, o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishgan erishgan.
Fikrlar