Bu safar muxlislar kechirmaydimi? Hamma g‘alabaga tashna, lekin...

  • 13 sentabr, 2021, 19:51
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Ostonamizda Superliganing 18-tur o‘yinlari turibdi. Seshanbadan payshanbaga qadar siz bilan biz bir-biridan qiziqarli o‘tishi kutilayotgan ettita uchrashuvga guvoh bo‘lamiz.

Markaziy o‘yinlar ham bor. Borgan sari jamoalar turnir jadvalidagi egallab turgan o‘rinlaridan kelib chiqib o‘yinini yanada kuchaytiryaptilar.

Bu safar tajribali mutaxassislardan biri Bahrom Hakimov tur oldidan o‘zining munosabatini bildirdi.

14 sentyabr (seshanba)

“Qo‘qon-1912” – “Mash’al”

- Oldingi turda “Qo‘qon-1912” ham, “Mash’al” ham yutqazdi. Baxtiyor Ashurmatovni yaxshi bilaman, u jamoasiga g‘oliblik ruhini singdira oladi. Klubda qiyinchiliklar borligini bilaman. Menimcha, bu o‘yinda “Qo‘qon-1912” bir-ikkita to‘p farqi bilan yutadi. Imkoniyatlardan foydalansa bo‘ldi, aks holda qiynalib qoladi. Jamoa safarda ochkolarni qo‘lga kirityapti, o‘z uyida esa aksincha. Bu safar o‘z maydonida albatta natija ko‘rsatishi kerak. “Mash’al”ga kelsak, Muborakda “Andijon”ga mag‘lub bo‘lgach, ularga ham hozir oson emas. Menimcha, “Qo‘qon-1912” – “Mash’al” o‘rtasidagi o‘yinda ochiq futbol bo‘lmaydi. Muborakliklar yopiq o‘yin ko‘rsatadi. Qo‘qonliklar uchun orqaga yo‘l yo‘q.

a3

15 sentyabr (chorshanba)

“Andijon” – “Metallurg”

- “Andijon” klubiga ochkolar suv va havodek zarur. To‘g‘ri, safarda “Mash’al”ni yutib keldi. Ammo bu safar o‘z uyida yutqazsa muxlislari kechirmasa kerak. O‘ylashimcha, yaxshi o‘yin bo‘ladi. Jasur Abduraimovga ham qiyin. “Metallurg” ketma-ket yutqazyapti. Jamoa xadeb yutqazaversa rahbarlarni ham ko‘ngli sovib ketishi mumkin. Muxlislar faqat g‘alabani talab qiladi. Ammo “Andijon” yaxshi natija ko‘rsatishi kerak. Menimcha, teng o‘yin bo‘ladi. Lekin “Andijon” o‘z maydonida o‘ynaydi, shuni esdan chiqarmaslik kerak.

“Paxtakor” – “Navbahor”

- “Paxtakor” bungacha kichik hisoblarda yutayotgandi, oxirgi turda uchta to‘p farqi bilan g‘alabaga erishdi. “Paxtakor” yutqazib qo‘ysa yana gap-so‘z boshlanadi. “Navbahor”ga yo‘qotadigan narsasi yo‘q, bu jamoa ham muxlislari oldida o‘zini ko‘rsatishi kerak. O‘tgan turda o‘z maydonida durang o‘ynadi. Har qanday murabbiy uchun uyidagi durang mag‘lubiyat bilan teng. “Paxtakor”ga ham, “Navbahor”ga ham omad. Lekin g‘olib chiqish imkoniyati bo‘yicha 60 ga 40 “Paxtakor” foydasiga.

a2

AGMK – “Turon”

- “Turon”ni ham ahvoli og‘ir. O‘z uyida “Nasaf”ga mag‘lubiyatga uchradi. Safardagi o‘yinlardan iloji boricha maksimum ochkolarni qo‘lga kiritishi kerak. “Turon”da mablag‘ tomonlama muammo yo‘q. AGMKga qiyin bo‘ladi, ular raqibni osongina yutamiz deb o‘ylamasin. Boz ustiga Igor Shkvirin AGMKda ishlagan. Nazarimda. jamoalarning imkoniyati 50 x 50. AGMKga ham g‘alaba zarur. Klub ortidan “Nasaf”, “Bunyodkor” singari jamoalar quvib kelyapti. “Turon”ga safarda qo‘lga kiritiladigan har qanday ochko muhim.

16 sentyabr (payshanba)

“Lokomotiv” – “Surxon”

- Ikkalasiga ham qiyin bo‘ladi. To‘g‘ri, “Lokomotiv” taktika tomonlama yaxshi o‘ynayapti. “Surxon” esa har yili o‘yinchi almashtiryapti. Bahrom Haydarovga og‘ir bo‘lyapti. Men “Lokomotiv”ga emas, Haydarovga omad tilayman. Baribir u qo‘l ostimda o‘ynagan, shogirdim, deb hisoblayman uni. “Surxon” bu uchrashuvda hech bo‘lmasa bir ochko olishi shart. Aks holda vaziyat qiyinlashadi. Ikkala jamoaning imkoniyatini teng baholayman.

a1

“Nasaf” – “Qizilqum”

- “Qizilqum” o‘tgan turda o‘z maydonida durang o‘ynadi. “Nasaf” bo‘lsa, safarda yutib keldi. “Turon” bilan o‘yinini ko‘rdim. “Nasaf” ham, “Qizilqum” ham tartibli o‘yin namoyish etadi. Lekin maydon egalari tezkorligi evaziga yutib ketishi mumkin. “Turon”ga qarshi uchrashuvda ham aynan “Nasaf”ning tezligi katta rol o‘ynadi. Agar qarshiliklar o‘z o‘yinini ko‘rsatsa, “Qizilqum”ga qiyin bo‘ladi. O‘ylashimcha, “Nasaf” g‘alaba qozonadi.

a4

“So‘g‘diyona” – “Bunyodkor”

- “Bunyodkor” ham medallarga kurashyapti va kelasi yili Osiyo Chempionlar ligasiga o‘ynamoqchi. Qattiq o‘yin bo‘ladi. “So‘g‘diyona” yaxshiroq o‘yin ko‘rsatmasa ham futbolchilari maydonga “yonib” chiqyapti. Har bir o‘yinni oxirgi bahsdek o‘tkazyapti. Ulug‘bek Baqoev hamma narsani o‘ylaydi va jamoasining g‘alabasi uchun harakat qiladi. “Bunyodkor”ning yoshlari o‘yinga qanchalik kirishib ketishiga ham ko‘p narsa bog‘liq. Chunki yoshlar baribir barqaror o‘ynay olmaydi. “So‘g‘diyona”da esa tajribali o‘yinchilar ko‘p. Menimcha, g‘alaba uchun ikkala klubda ham imkoniyat bir xil. Kim birinchi gol ursa, o‘sha jamoa yutadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
14/09/2021 01:11
Nasaf. qani edi uyinni chiqsa Qizilqum ki mayli. boshqa grantman deganlarni ham kuchi etmadiku shu yil ham uyin taraflama. tugri Nasaf yutqazdi. lekin haqiqiy muhlis erkakchasiga tan olsa. Nasaf uyin taraflama eb quydiki. shunchaki omad yoz ugurdi. keyin chempionat kup tuhtalish bulishi ham yosh jamoa uyinni qochadi. qariya jomoalarga esa qul keladi. qancha kup tuhtalish bulsa shuncha zur.