
Bu to‘qnashuv hech bo‘lmaganda durang bilan yakunlansa, adolatli bo‘lardi
Saul "Kanelo" Alvaresning fikricha, Terens Krouford yaqinda o‘tkazilgan hamyurtimiz Isroil Madrimovga qarshi jangida g‘alabaga loyiq emasdi. "Kanelo" yaqinda bergan intervyusida shu xaqida gapirib o‘tdi.
"Terens yaxshi jang qiladi, lekin menimcha, u mazkur bahsda yutqazib qo‘ydi. Hakamlarning qaroriga tushunmadim. Bu to‘qnashuv hech bo‘lmaganda, durang bilan yakunlansa, adolatli bo‘lardi" – dedi Alvares.
Ma’lumot uchun, hozirda "Kanelo"(61-2-2, 39 KO) bor e’tiborini navbatdagi jangiga qaratgan. U 14 sentabr kuni Edgar Berlan(22-0, 17 KO)ga qarshi jang qiladi.
Fikrlar