
Bu voqea Angliya futbolida birinchi marta bo‘ldi
Angliya chempionatining Premer-ligadagi keyingi o‘rinda turuvchi musobaqasi – Chempionshipda hali ingliz futboli tarixida kuzatilmagan voqea yuz berdi.
Yuqori divizionda Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan ikki jamoa o‘zaro to‘qnash keldi. Bu “Blekbern” va “Lester” jamoalari bo‘ldi.
Ma’lumki, “Blekbern” 1995 yili Alan Shirer va Kris Satton kabi mashhur futbolchilar yordamida Premer-liga g‘olibi bo‘lgan edi. “Lester” esa ayni paytda “Kalyari”da Eldor Shomurodovga ustozlik qilayotgan Klaudio Raneri qo‘l ostida 2016 yilda Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan.
Ikki chempionning quyi ligadagi o‘zaro to‘qnashuvida “Lester” raqib maydonidan 4:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi.
Fikrlar