Bu yulduz Angliyaga qaytib ketsin! Hujumchi superklubga yoqmadi
Bundesliganing amaldagi chempioni Myunxenning “Bavariya” klubi jamoa safida ijarada oʻynayotgan hujumchi Nikolas Jeksonni mavsum yakunida “Chelsi”ga qaytarib yuborishga qaror qildi.
Bu haqida Topskills Sports UK nashri xabar tarqatdi.
Manba maʼlumotlariga koʻra, Jekson oʻz oʻyini bilan “Bavariya” rahbariyatida ishonch uygʻota olmagan, shu sababli nemis grandi ijara muddati tugagach, futbolchini sotib olish huquqidan foydalanmaydigan boʻldi.
Ayni paytda “Bavariya” asosiy toʻpurar Harri Keynni vaqti-vaqti bilan almashtira oladigan yangi hujumchi qidirmoqda.
Klub Jeksonni oʻtgan yil sentabrda ijaraga olgan edi. U jamoa safida 21 ta oʻyin oʻtkazib, beshta gol va bitta golli uzatma muallifi boʻldi.
Transfermarkt portaliga koʻra, 24 yoshli senegallik futbolchining qiymati 45 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar