
Bu yulduz “Real”ga o‘tib ketishiga yo‘l qo‘ymaymiz!
“Real” kelasi yozda “Bayer” etakchisi Florian Virtsni transfer qilishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqatilmoqda.
Biroq “Bavariya” rahbariyati 21 yoshli yarim himoyachining Bundesligani tark etishiga yo‘l qo‘ymoqchi emas.
"Relevo" nashrining yozishicha, myunxenliklar joriy mavsum yakunlanganidan keyin Florianni o‘z tarkibiga qo‘shib olish bo‘yicha bir qarorga kelgan.
Bugungi kunda Virtsning transfer narxi 130 million evroni tashkil qilmoqa. “Bayer” o‘yinchining shartnomasi 2027 yilning yarmigacha davom etishini inobatga olib, bundan-da katta summa talab qilishi mumkin.
Bunday vaziyatda ko‘p narsa futbolchining o‘zi qaysi grand klubni tanlashiga bog‘liq bo‘ladi.
Fikrlar