Bu ziddiyatga echim bormi?

  • 14.09.2022 06:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

PSJ yulduzlari – Neymar va Kilian Mbappe o‘rtasidagi ziddiyatga hali to‘liq barham berilgani yo‘q va bu holat jamoaning ichki muhitiga ta’sir qilmoqda, deb xabar tarqatdi Goal portali.

Insayderlarning ta’kidlashicha, Parij klubining yagona etakchisi bo‘lishni istayotgan Kilian Mbappe jamoa ichida Neymarning ta’siri kuchayib borayotganidan xavotirdi.

Braziliyalik yulduz esa anchadan beri frantsiyalik hamkasbini maydonda va undan tashqarida xudbinlikni oshirib yuborayotganlikda ayblamoqda. Xususan, Chempionlar ligasining “Yuventus”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvida bu yaqqol ko‘rindi.

O‘sha bahsda Mbappe darvoza qarshisida bo‘sh turgan Neymarga to‘pni uzatmasdan o‘zi tepdi va qulay vaziyatni barbod qildi. Neymar bu holatga e’tiroz bildirdi.

Ayni paytda har ikki futbolchiga bosh murabbiy Kristof Galte ta’sir o‘tkazishga harakat qilmoqda. Murabbiy shogirdlaridan hech bo‘lmasa, telekameralar qarshisida hissiyotlarga erk bermaslikni talab qilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!