Buffon A Seriyada yangi sahifa ochdi

  • 13 may, 2021, 15:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" darvozaboni Janluiji Buffon yana bir bor o‘z ismini Italiya chempionati tarixiga muhrlab qo‘ydi.

43 yoshli posbon kecha A Seriyaning 36-turidan o‘rin olgan "Sassuolo"ga (3:1) qarshi o‘yinda ishtirok etdi va raqibning 11 metrlik jarima zarbasini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa Buffon Italiya chempionatida penalti qaytargan eng yoshi katta darvozabon sifatida qayd etildi.

Buffonning "Yuventus" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi. Janluiji faoliyatini “Barselona”da davom ettirishi mumkinligi haqida mish-mishlar bor.

“Yuventus” 36 turdan so‘ng A Seriya musobaqa jadvalida 72 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda. 4-o‘rindagi “Napoli” hisobida 73 ochko bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!