Buffon futbolchilik faoliyatini yakunlashi mumkin

  • 22 iyul, 2023, 05:38
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
 
Insayder Di Martsioning so‘zlariga ko‘o‘ra, tirik afsona Janluiji Buffon futbolchilik faoliyatini yakunlashi mumkin. 45 yoshli darvozabon bu haqda tez orada ma’lum qilishi kutilmoqda.
 
U ayni dam "Parma" safida to‘p tepadi. Buffonning jamoasi bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilda o‘z nihoyasiga etadi. Italiyalik futbolchiga Saudiya Arabistonidan ham takliflar bo‘ldi, lekin u barchasini rad qildi. 
 
Ma’lumot uchun, Buffon futbolchilik faoliyati davomida milliy terma jamoasi bilan Jahon chempioni, turinliklar safida 10 karra A seriya g‘olibi, 6 marta Italiya kubogiga ega chiqqan va 7 marta superkubokda zafar quchgan. Shuningdek, 2003 yilning eng yaxshi futbolchisi, "Yuventus"da 2015/16 mavsumining eng yaxshi o‘yinchisi kabi shaxsiy sovrinlarni ham qo‘lga kiritgan. 
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!