
Buffon: Messi - Federer, Ronaldu - ...
"Yuventus" darvozaboni Janluiji Buffon Leonel Messi va Qrishtianu Ronaldularni tennisdagi alternativlarini aytib o‘tdi.
"Federer - bu haqiqiy istedod, Nadal esa istedod bilan bir qatorda tinimsiz mehnatning uyg‘unlashuvi, ispaniyalik bu unsurlarsiz katta shlem turnirlari zafar qucha olmas edi. Tinimsiz mehnat Nadalni dunyoning eng istedodli raketkachisi bilan bir qatorda turishini ta’minladi.
Ularni taqqoslay turib futbol olamiga nazar soldim va beihtiyor jilmayishga majbur bo‘ldim. Messi - bu Federer, Ronalduni esa o‘z-o‘zidan Nadalga qiyoslash mumkin," - deya aytib o‘tdi Buffon Sportweek nashriga intervyu chog‘ida.
Fikrlar