
Buffon nega "Parma"ga o‘tganini aytdi
Yaqinda “Parma”ga ko‘chib o‘tgan darvozabon Janluiji Buffon B Seriya klubiga o‘tishi sababini aytib o‘tdi.
“Menga Chempionlar ligasini yutish uchun kurashayotgan jamoalardan ikkita taklif tushdi. Ammo u erda men asosiy darvozabon bo‘lmagan bo‘lardim. "Yuventus"da allaqachon zaxira darvozaboniga aylanib qolgan edim va shu sababli yana shunday bo‘lishini xohlamadim”, - dedi Buffon.
Janluiji 1995-2001 yillarda “Parma” safida o‘ynagan. Ushbu jamoa yangi mavsumda Italiya B Seriyasida ishtirok etadi.
Buffon aynan "Parma" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Fikrlar