
Buffon "Oltin to‘p" bilan bog‘liq eng katta adolatsizlikni aytdi
"Parma" darvozaboni Janluiji Buffon Andreas Inesta "Oltin to‘p"ni yutmaganini adolatsizlik deb hisoblaydi.
"Men uchun "Oltin to‘p" bilan bog‘liq eng katta adolatsizlik Inestaning ushbu sovrinni yutganlar qatorida yo‘qligi. U Maradona, Messi va Ronaldu kabi kuchli edi", - dedi 44 yoshli posbon "France Football" nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, 2010 yilda Inesta ovoz berish natijalariga ko‘ra, ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan hamda sherigi Lionel Messiga mag‘lub bo‘lgan, 2012 yilda esa kuchli uchlikdan joy olgan.
Fikrlar