Buffon: PSJ meni ikkinchi raqamli darvozabon deb hisoblardi

  • 16 iyun, 2019, 17:11
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Afsonaviy  darvozabon Djanluidji Buffon nima sababdan PSJni tark etgani haqida aytib o‘tdi.

- Besh oy oldin PSJ rahbariyati menga jamoaning ikkinchi raqamli darvozaboni bo‘lish imkoniyatini yaratuvchi yangi shartnoma taklif qilgandi. Bu borada ko‘p fikr yuritdim va ushbu taklifga rozi emasligimni bildirdim.

PSJning taklifi butunlay qonuniy va tushunarli edi, ammo 41 yoshda insonning his-tuyg‘ularga, hissiyotlarga extiyoji bo‘ladi. Hissiyotlar - bu maqsad va orzulardir.

Xozirda, o‘tgan yozgi transferlar mavsumi kabi oldimda ko‘p eshiklar ochiq va talaygina takliflarni ko‘rib chiqmoqdaman, - dedi Buffon Corriere dello Sport nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsum italiyalik futbolchi Frantsiya chempionati doirasida 17 uchrashuvda maydonga tushib, ularning oltitasida darvozasi dahilsizligini ushlab turgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!