
Buffon yangi dovonni zabt etdi
Italiya Kubogi 1/2 finalining birinchi bahsida "Yuventus" "Inter" ustidan g‘alaba qozondi. "Byakonerlar" darvozaboni Janluiji Buffon kecha 1100 o‘yinida maydonga tushdi.
O‘tgan davr mobaynida 43 yoshli golkiper "Yuventus"da 679 ta, "Parma"da 220 ta, PSJda 15 ta va Italiya terma jamoasida 176 ta o‘yin o‘tkazgan.
Buffon professional futbolchilik faoliyatini 1995 yilda "Parma"da boshlagan va "Yuventus" safida 2005 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.
Fikrlar