Bugun, UzReport telekanilida Toshkentda bo‘lib o‘tgan professional boks kechasi namoyish etiladi
Xabaringiz bor, 6 oktyabr kuni poytaxtimizdagi eng mashhur boks arenalaridan biri BUKA Gym da professional boks oqshomi bo‘lib o‘tgan edi. Mazkur jang kechasi translyatsiyasi UzReport telekanaliga tegishli bo‘lib, ushbu reyting va chempionlik janglarini mazkur kanal yozib olingan variantini bugun, soat 21:00 dan boshlab efirga uzata boshlaydi. O‘tkazib yubormang, bir-biridan ajoyib janglar, keskin qarama-qarshiliklar, super nokautlardan baxramand bo‘lasiz.
Fikrlar