Bugun "A" Seriyaning 2-turiga start beriladi
Bugun, Italiya "A" Seriyasining ikkinchi turidan o‘rin olgan "Bolonya" va SPAL jamoalarining o‘zaro qarama-qarshiligi bo‘lib o‘tadi.
"Renato Dall’Ara" o‘yingohida bo‘lib o‘tuvchi ushbu uchrashuv 2-turni boshlab beradi.
Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.
Qolgan uchrashuvlar ertaga va 1 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Turning markaziy bellashuvi Turinda bo‘ladi va unga ko‘ra, "Yuventus" o‘z uyida "Napoli"ni qabul qiladi.

Fikrlar