
Bugun A Seriyaning yangi mavsumiga start beriladi
Bugun Evropaning kuchli beshlik chempionatlari orasida o‘z mavqeini qayta tiklashga urinayotgan Italiya A Seriyasining 2019/20 yilgi mavsumiga start beriladi.
Ilk tur amaldagi chempion – “Yuventus” ishtirokidagi o‘yin bilan boshlanadi. Turinliklar shu kuni safarda “Parma” mehmoni bo‘lishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.
Soat 23:45 da esa "Fiorentina" hamda "Napoli" o‘rtasidagi markaziy uchrashuv boshlanadi.
A Seriya, 1-tur.
"Parma" - "Yuventus" 21:00
***
"Fiorentina" - "Napoli" 23:45
Fikrlar