
Bugun Eldor Shomurodov jamoasi o‘ynaydi. "Jenoa"ni muhim o‘yin kutmoqda
Bugun Italiya A Seriyasi 6-turidan o‘rin olgan "Sampdoriya" - "Jenoa" bahsi bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 00:45da boshlanadi.
Ushbu bahs genuyaliklar uchun muhim sanaladi. Chunki jamoaning oxirgi natijalaridan so‘ng imkoniyatlari pasayib ketmoqda. Eldor Shomurodov to‘p tepayotgan klub ayni paytda 17-o‘rinda bormoqda. To‘g‘ri, futbolchilarda koronavirus aniqlangani uchun genuyaliklarning bitta o‘yini qoldirilgan. Biroq shunday bo‘lsa ham "Jenoa" kam ochko jamg‘armoqda. Agar bugun g‘alaba qozonsa, turnir jadvalida ancha yuqorilashga erishadi. Shuning uchun jamoa bunday imkoniyatni boy bermaslikka harakat qiladi. Boz ustiga "Sampdoriya" ham zafar quchsa, 3-pog‘onaga ko‘tariladi. Bu esa o‘yinga bo‘lgan qiziqishni oshiradi.
Fikrlar
Тренерини хайдашса зор боларди
хужумкор уйин курсатадиган тренер олса боларди
Шомуродовга хужумни яхши курадиган тренер керак