Bugun Germaniya va Ispaniyada kubok finallari bo‘ladi

  • 25.05.2019 10:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor bugungi kungacha Evropa kuchli beshlik chempionatlarining aksariyatida mavsum yakunlanib bo‘ldi. Ayrim mamlakatlarda esa kubok bahslari final bahslari ham o‘tkazib bo‘lindi.

Biroq, bugun futbol muxlislari Germaniya va Ispaniyada kubok finallarini tomosha qilishlari mumkin. Aniqrog‘i, Toshkent vaqti bilan soat 23:00da “RB Leyptsig” hamda “Bavariya” o‘rtasida Germaniya kubogi finali start oladi. Soat 00:00dan boshlab esa “Estadio Benito Villamarin” stadionida “Barselona” hamda “Valensiya” klublari o‘rtasidagi Ispaniya kubogi final o‘yini boshlanadi.

Ma’lumot uchun, "Barselona" Ispaniya kubogining amaldagi g‘olibi hisoblanadi. Kataloniyaliklar o‘tgan mavsum finalda "Sevilya"ga qarshi bahs olib borishgan va 5:0 hisobida g‘alaba qozonishgan edi.

"Bavariya" esa o‘tgan mavsum ham finalda ishtirok etgan. Biroq, myunxenliklar hal qiluvchi uchrashuvda "Ayntraxt"ga 3:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘yishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!