Bugun Habib Nurmagomedov promoushenida o‘zbekistonlik jangchi oktagonga ko‘tariladi. U chempionlikka da’vogar! (Video)

  • 4 sentabr, 2021, 10:23
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Bugun Rossiyaning Qozon shahrida Habib Nurmagomedovga tegishli bo‘lgan promoushen o‘zining navbatdagi jang oqshomini o‘tkazadi. Ya’ni, "EFC 40" turniri tashkil etiladi. 

Tecno

Mazkur kechada og‘ir vazn toifasidagi mashhur vakillarimizdan biri Amin Ergashev ham oktagonga ko‘tariladi. Unga rossiyalik Alan Makitov raqiblik qiladi. 

Shu o‘rinda eslatib lozimki,  promoushen bu vazn toifasida o‘ziga xos Gran-Pri tashkil qilgan. Ya’ni, diviziondagi kuchli to‘rttalik o‘zaro jang olib boradi.  Amin Ergashev( O‘zbekiston), Alan Makitov (Rossiya), Vladimir Dayneko (Rossiya) hamda Entoni Xamilton (AQSh) kuchli to‘rttalikni tashkil qilgan holda, Gran-Prining asosiy qahramonlari hamda chempionlikka asosiy da’vogarlardir. Demak, "EFC 40" turnirida hamyurtimiz Alan Makitov bilan jang qiladi. 

Ushbu to‘qnashuvda g‘alaba qozonsa, Dayneko hamda Xamilton jangi g‘olibi bilan to‘qnash keladi va mazkur jangni ham omadli yakunlasa, EFC promoushenining og‘ir vazn toifasidagi ilk o‘zbekistonlik chempioni degan tarixiy natijani qayd etadi. 

Eslatib o‘tamiz: EFC promoushenida og‘ir vazn toifasi chempionlik kamari Rizvan Kunievdan vakant qolgandi. 

Albatta, mazkur muhim, tom ma’nodagi chempionlik janglarida hamyurtimizga omad tilab qolamiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!