Bugun harbiy bokschilar o‘rtasidagi jahon chempionatida qizlarimiz final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi

  • 23.09.2021 08:22
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Moskvada davom etayotgan harbiylar o‘rtasidagi jahon chempionati qizg‘in pallaga kirib bormoqda. Jumladan, bugun musobaqa doirasida faqat qizlar o‘rtasida yarim final janglari o‘tkaziladi.

Yarim final bellashuvlarida to‘rt nafar bokschi qizimiz ringga ko‘tariladi:

-51 kg: Aziza Yoqubova - Ekaterina Paltseva (Rossiya) (18:10 dan so‘ng)

-60 kg: Rayhona Qodirova - Beatris Ferreyra (Braziliya) (19:15 dan so‘ng)

-69 kg: Navbahor Hamidova - Saadat Dalgatova (Rossiya) (19:30 dan so‘ng)

-75 kg: Mavluda Mavlonova - Agata Katsmarska (Polsha) (20:15 dan so‘ng)

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!