Bugun Isroil va boshqa 7 nafar bokschimiz ringga chiqadi

  • 20 aprel, 2019, 10:55
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Bugun Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining ikkinchi kun doirasidan o‘rin olgan bellashuvlarga start beriladi. Saralash bosqichidin o‘rin olgan mazkur kunda 8 nafar bokschimiz ringga ko‘tarilishadi. Ular orasida Isroil Madrimov, Miraziz Mirzahalilov, Shunqor Abdurasulov kabi taniqli charm qo‘lqop ustalarini ham ko‘rishimiz mumkin. Bugun jang o‘tkazadigan vakillarimiz quyidagilar:

Kunduzgi dastur
-49 kg: Nodirjon Mirzaahmedov - Daichi Xasebe (Yaponiya)
-60 kg: Shukurjon Rahimov - Man Cho Chol (KXDR)
-54 kg: Tursunoy Rahimova - Kian Shi (Xitoy)
-69 kg: Shahnoza Yunusova - Nilufar Boboyorova (Tojikiston)

Kechki dastur
-56 kg: Miraziz Mirzahalilov - Almanbet Alibekov (Qirg‘iziston)
-64 kg: Shunqor Abdurasulov - Amir Masud (Pokiston)
-75 kg: Isroil Madrimov - Trung Vu (Vetnam)
-48 kg: Fotimaxon Tursunboeva - Nxi Nguen (Vetnam)

Eslatib o‘tamiz, kechagi bellashuvlar doirasida Bobo-Usmon Baturov, Shunqor Abdurasulov va Yodgoroy Mirzaeva g‘alaba qozonib, keyingi bosqich yo‘llanmasini ijobiy hal qilishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!