
Bugun Masharipov va Hamrobekov jamoasi o‘ynaydi
Bugun BAA chempionati 23-turiga start beriladi. Unda legionerlarimiz harakat qilayotgan "Shabab Al-Ahli" o‘z maydonida o‘yin o‘tkazadi.
Jaloliddin Masharipov hamda Odil Hamrobekov jamoasi o‘zida "Al-Fujayra"ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:45da start oladi.
Ma’lumot uchun, Dubay klubi ayni damda 40 ochko bilan 4-pog‘onada bormoqda, "Al-Fujayra" esa 14 ochko bilan 12-o‘rinni band etib turibdi.
Shuningdek, dubayliklar safida yana bir hamyurtimiz Aziz G‘aniev ham to‘p tepadi. Afsus, u jarohati sababli mavsum so‘nggiga qadar safdan chiqqan.
Fikrlar