
Bugun mavsumning ilk "el-klassiko"si bo‘lib o‘tadi!
Bugun jahon futboli muxlislarini ikki tomonga ajratishga qodir uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Ispaniya La Ligasi 10-turida markaziy bahs - "Barselona" o‘z maydonida "Real"ni qabul qiladi.
Tomonlarning rasmiy uchrashuvlardagi 246-to‘qnashuvi sifatida tarixga kiradigan bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:15da start oladi. Ma’lumot uchun, so‘nggi "el-klassiko" Madriddagi "Alfredo di Stefano" stadionida bo‘lib o‘tgan va unda "qaymoqranglilar"ning qo‘li bilan kelgandi.
Bugungi "al-mumtoz" atrofidagi barcha yangiliklarni saytimiz orqali kuzatib boring!
Fikrlar