
Bugun "Nasaf" o‘ynaydi. Uchrashuv qaysi telekanalda namoyish etiladi?
Bugun Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichida 2-tur bahslari davom ettiriladi. O‘yinlar orasida "Nasaf" ishtirokidagi bellashuv ham bor.
Qarshiliklar Iordaniyaning "Al-Vihdat" jamoasi bilan kuch sinashadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 22:15da start oladi. Bellashuvni "Futbol TV" telekanali jonli efirda namoyish etadi.
Ro‘ziqul Berdiev shogirdlari ilk turda Qatarning "Al-Sadd" klubi bilan durang qayd etgandi.
Fikrlar