
Bugun OKMK 2 karra Osiyo chempionlar ligasi g‘olibiga qarshi o‘ynaydi
Xabaringiz bor, OKMK jamoasi yangi 2024 yilgi mavsumga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini olib bormoqda.
Ushbu yig‘in doirasida Olmaliqliklar ikkinchi nazorat uchrashuvini Janubiy Koreyaning "Chonbuk Motors" klubiga qarshi o‘tkazadi.
Nafaqat o‘z chempionati "K-liga 1"da, balki qit’a ligasida ham o‘z mavqeiga ega bo‘lgan "Chonbuk Motors" klubi 1994 yil 12-dekabrda tashkil topgan. Shu kungacha "Chonbuk Motors" ichki chempionatda 9 bor zafar quchgan. Shuningdek, Osiyo chempionlar ligasida 2 marta (2006 va 2016 yillarda) tengsiz bo‘lgan.
Janubiy Koreya grandiga qarshi kechadigan o‘rtoqlik uchrashuvi mahalliy (BAA) vaqt bilan 18:00da, Toshkent vaqti bilan esa soat 19:00da boshlanadi.
Fikrlar