Bugun Osiyo Kubogi saralashi oldidan O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi
8 iyundan Namanganda Osiyo Kubogi saralash bahslari start oladi. Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi joylashgan "S" guruhida matbuot anjumani tashkil etiladi.
Dastlab 11:00da Tailand, 11:30da Maldiv orollari, 12:00da Shri-Lanka va 12:30da O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi jurnalistlarning savollariga javob beradi.
Matbuot anjumani "Navbahor" klubi stadionida bo‘lib o‘tadi.


Fikrlar