
Bugun O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Eronga qarshi musobaqa g‘olibligi uchun maydonga tushadi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida ayollar o‘rtasida "CAFA Womenʼs Championship-2022" musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi 3 ta o‘yinda 9 ochko jamg‘arib, turnirda peshqadam bo‘lib turipti. Keyingi pog‘onadan Eron ayollar terma jamoasi joy olgan. Ushbu jamoa ham o‘tkazgan barcha uchrashuvlarida g‘alaba qozonib, ochkolari sonini 9 taga etkazib olgan.
Bugun ushbu ikki peshqadam jamoa o‘zaro o‘yin o‘tkazadi. Mazkur o‘yin natijasiga ko‘ra, turnir g‘olibi aniqlanadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.
Fikrlar