
Bugun O‘zbekiston futzal terma jamoasi Iroq bilan o‘ynaydi (foto)
Bugun O‘zbekiston futzal terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yini doirasida maydonga tushadi. Unda jamoamizga Iroq terma jamoasi raqiblik qiladi.
Bellashuv 18:00 da start oladi. Mazkur o‘yin "Yunusobod" sport majmuasida bo‘lib o‘tishi reshalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, bu jamoalar 13 sentyabr kuni o‘zaro kuch sinashgandi. Unda jamoamiz 5:4 hisobida raqibdan ustun kelgandi.
Fikrlar