
Bugun O‘zbekiston futzal terma jamoasining jahon chempionati guruh bosqichidagi raqiblarini aniqlanadi
Xabaringiz bor, futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Litva mezbonlik qiladigan 2021 yilgi jahon chempionatida qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritgan edi.
Osiyo chempionatlaridagi munosib ishtiroki sabab O‘zbekiston vakillari Yaponiya hamda Eron terma jamoalari mazkur mundial bahslariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmaga ega chiqqandi.
Jahon birinchiligida ishtirok etuvchi barcha mamlakatlar nomi aniq bo‘lgach, FIFA qur’a savatchalarini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi 4-savatchadan o‘rin oladi. Ushbu savatchada shuningdek, Marokash, Vetnam, AQSh, Angola va Venesuela vakillari ham joy olgan.
Fikrlar