
Bugun O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichining 2-turi boshlanadi. Kun dasturidan 4 ta o‘yin o‘rin olgan
Bugundan O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichining 2-turi uchrashuvlari start oladi. Kun dasturidan 4 ta o‘yin o‘rin olgan.
Ilk uchrashuv Toshkentda "Lokomotiv" va "Turon" jamoalari o‘rtasida kechadi. Birinchi turda g‘alabaga erishgan jamoalar o‘zaro hisob-kitob qilib oladi.
"Aral Samali" o‘z uyida "Andijon"ni qabul qiladi. Mag‘lub jamoa kubok pley-offidan umidini uzsa ham bo‘laveradi.
"Nasaf" o‘z maydonida "Rubin"ni qabul qiladi. Birinchi turda 10 ta gol o‘tkazib yuborgan Toshkent jamoasi Qarshida mehmon bo‘ladi.
Kunning markaziy bellashuvi Toshkentda "Bunyodkor" va "So‘g‘diyona" jamoalari o‘rtasida kechadi.
Fikrlar