Bugun O‘zbekiston terma jamoasi "JCh–2026" tayyorgarligi doirasida Kanadaga qarshi o‘yin o‘tkazadi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida navbatdagi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.
Jamoa 2 iyun kuni Kanada terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 06:00'da boshlanadi.
Uchrashuv Edmonton shahridagi "Commonwealth" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Jumladan, o‘yinni "Zo‘r TV" hamda "Futbol TV" telekanallari o‘zbek tilidagi sharh bilan, "Sport TV" esa rus tilidagi sharh bilan namoyish etadi.

Fikrlar