
Bugun Qatarda dzyudo bo‘yicha “Doha Masters” turniri boshlanadi
Bugun Qatar poytaxtida dzyudo bo‘yicha mavsumning ilk yirik starti “Doha Masters” turniri start oladi. Dunyoning 69 mamlakatidan 400 nafar eng kuchli dzyudochilar qatorida terma jamoamiz vakillari ham g‘oliblik uchun bahs olib borishadi.
Kecha musobaqaning matbuot anjumani hamda har bir vazn toifasiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Reglamentga ko‘ra, bugun engil vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlab olinadi. Bugungi bahslarda 4 nafar vakilimiz medallar uchun kurashadi. Hamyurtlarimizning musobaqadagi dastlabki raqiblari bilan tanishing:
-60 kg:
Ikkinchi bosqich: Diyorbek O‘rozboev – Lenin Presiado (Ekvador)
Ikkinchi bosqich: Sharofiddin Lutfullaev – Islam Yashuev (Rossiya)/Devid Pulkrabek (Chexiya)
-66 kg:
Birinchi bosqich: Sardor Nurillaev – Villian Lima (Braziliya)
-52 kg:
Birinchi bosqich: Diyora Keldiyorova – Ana Perez (Ispaniya)
Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqada o‘z vazn toifasida g‘alaba qozongan sportchilar jahon va Tokio Olimpiadasi reytingi uchun 1800 ochkoga ega bo‘lishadi.
Fikrlar