
Bugun Rossiya premer-ligasida "o‘zbekcha derbi" bo‘ladi
Bugun Rossiya chempionatida 12-tur uchrashuvlari yakunlanadi. Unda legionerimiz Ibrohimhalil Yo‘ldoshev harakat qiladigan "Nijniy Novgorod" o‘z o‘yinini o‘tkazadi.
Ahamiyatlisi, unda legionerimiz jamoasiga boshqa bir hamyurtimiz klubi "Torpedo" raqiblik qiladi. 18:30 da boshlanadigan "Torpedo" - "Nijniy Novgorod" uchrashuvi "Match Premer" telekanali orqali jonli namoyish etiladi.
Shu tariqa, bugun 12-tur o‘yinlari yakuniga etadi.
Fikrlar