Bugun Ro‘ziqul Berdiev kutayotgan transfer amalga oshishi mumkin. Murabbiy muzokara ketayotganini aytdi

  • 26.02.2022 19:02
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ertangi Superkubok oldidan bugun "Nasaf" va "Paxtakor" jamoalari bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Dastlab qarshiliklar ustozi Ro‘ziqul Berdiev jurnalistlar savollariga javob berdi.

"Nasaf" murabbiyi jamoaga yangi hujumchi kelishi mumkinligini aytdi. Ya’ni bugun nomi sir tutilgan hujumchi bilan muzokara o‘tkazilmoqda. Agar tomonlar kelisha olsa, bugun kechgacha shartnoma imzolanishi mumkin. Bu orqali Ro‘ziqul Berdiev kutgan uchta chiziqdagi transferlar amalga oshgan bo‘lishi ta’kidlandi. Aksi kutazilsa, o‘z imkoniyatlari bilan chegaralanishlari qo‘shimcha qilindi.

Murabbiy boshqa pozitsiyalarni Sharof Muhitdinov va Ivan Solovyov bilan to‘ldirilganini bildirdi. Eng asosiy maqsadlardan biri esa hujumchi olish bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!