Bugun Shohjahon Ergashev Toshkentda jang qiladi

  • 11 iyun, 2021, 11:37
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Bugun poytaxtimizdagi “Yunusobod sport kompleksi”da katta professional boks kechasi bo‘lib o‘tadi. An’anaga muvofiq, boks oqshomi oldidan ushbu kecha ishtirokchilarining vazn o‘lchash marosimi va matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tecno

Xabaringiz bor, kechaning markaziy jangida hamyurtimiz Shohjahon Ergashev (19-0, 17 KO) tanzaniyalik Salimu Jengoga (16-3-0) qarshi ringga chiqadi. "Tashkent City"da o‘tgan marosimga kechada ishtirok etadigan barcha bokschilar, katta sport jamoatchiligi vakillari va OAV xodimlari tashrif buyurdi.

Kutilganidek, bokschilar belgilangan talabni bajardi. Shundan so‘ng Shohjahon Ergashev ishtirokida o‘ziga xos mahorat saboqlari tashkil etildi.

Ma’lumot uchun, bugun boks oqshomining markaziy jangidan tashqari anderkard bahslarida Ulug‘bek Haqberdiev, Jamshid Najmiddinov kabi yana 6 nafar bokschilar reyting janglarini o‘tkazishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!