
Bugun Shomurodov A Seriyada debyut qilishi mumkin yoxud "Jenoa" safarda "Verona" mehmoni bo‘ladi
Bugun o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari uchun kutilgan “Jenoa” ishtirokidagi o‘yin bo‘lib o‘tadi.
Bundan buyon hamyurtimiz Eldor Shomurodov harakat qiladigan Genuya klubi bugun A Seriyaning 4-turida safarda “Verona” mehmoni bo‘ladi.
“Verona” – “Jenoa” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi. Ushbu o‘yinni “Futbol TV” telekanalida jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar